FUQARODAN SAVOL:
Issiqlik ta’minotida uzilishlar bo‘lsa ko‘rsatilmagan xizmat uchun qayta hisob-kitob amalga oshiriladimi?
JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan, iste’molchi qonun hujjatlarida, issiqlik ta’minoti shartnomasida yoki issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka ( jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi, 2-xatboshida sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emasligi belgilangan.