Raqobat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekenergota’mir” AJning “Uzauto-Inzi” MChJ QKning “Inzi Amt Co.,Ltd.” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 50 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekenergota’mir” AJ – elektr uskunalarini ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“Uzauto-Inzi” MChJ QK avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar va aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.