GAZ UCHUN ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINDI
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.R. gaz ta’minoti korxonasi faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.
Murojaatda keltirilishicha, iste’molchi doimiy ravishda gaz ta’minoti uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lsada, uning nomiga 1 600 000 so‘m miqdorida qarzdorlik chiqarilgan.
Hududiy boshqarmaning mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi
2-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni
21-22-moddalariga va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunning
12-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, o‘rganish va tahlil ishlari olib bordilar.
O‘rganish ishlari natijasida murojaatchining xonadoni «Billingaz» dasturida 0118768295 abonent raqami Bozorova Sojida nomida bo‘lib, xonadonda o‘rnatilgan “Osten-6” rusumli gaz sarfini hisoblash uskunasi o‘rnatilgan. Hisoblagich 2022 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘z vaqtida dasturga qabul qilinmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 88-bandiga asosan hisob kitob qilingani ma’lum bo‘ldi.
Natijada iste’molchiga asossiz yozilgan qarzdorlik “Billinggaz” dasturi hisobidan chiqarildi.
Hududiy boshqarmaga 7 oy davomida xuddi shu mazmundagi kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish jarayonida iste’molchilar foydasiga 60 mln.ga yaqin miqdordagi mablag‘ hal qilib berilgan.