2024-yilning 12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Istiqbolli loyihalar Milliy agentligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi.
Forumda 2000 dan ortiq delegatlar, fintex, islom moliyasi, bank ishi, eGOV va chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq spiker-ekspertlar ishtirok etadi. Tadbir aktual sanoat tendentsiyalari haqida boxabar bo’lish imkonini yaratadi.
Forum doirasida PLUS Galaxy Award mukofoti taqdim etiladi.
Tadbirga barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz!
Forum haqida batafsil