Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va prokuratura organi tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2022-yil hamda 2023-yilning o‘tgan davrida davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishda 2022-2023 yillarda jami 12 holatda 3625,9 mln so‘mlik davlat xaridini amalga oshirishda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, 2-xatboshi “Savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish” hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi 2-xatboshi “Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilashi shart” talablari buzilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga taqdim etildi.