15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlari davom ettirilmoqda.
Jumladan,
TOSHKЕNT VILOYATI
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari, institut ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Muhokama davomida iste’molchilarning uy-joy kommunal xizmatlari, aloqa va to‘lov tizimlari, moliya xizmatlari, tibbiyot va ta’lim sohasi, savdo, umumiy ovqatlanish yo‘nalishlardagi huquq va manfaatlari muhokama qilindi.
FARG‘ONA VILOYATI
Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti ustozlar va talabalari uchun seminar tashkillandi. Seminarda kommunal xizmatlar iste’moli va bu sohada iste’molchilar huquqlari qanday himoya qilinishi, onlayn do‘konlardan mahsulot xarid qilishda nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi, sifatsiz mahsulot sotib olingan holatda kimga va qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi hamda iste’molchilarning majburiyatlari haqida so‘z bordi. Shuningdek, boshqarma xodimlari talabalarning savollariga batafsil javob berdilar.
JIZZAX VILOYATI
Zomin tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida «Iste’molchi huquqi» mavzuida o‘quv-seminar tashkil etildi. Shuningdek, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialalida “Moliyaviy savodxonlik” mavzuida seminar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga tushuntirishlar berildi.
BUXORO VILOYATI
“HUDUDGAZ BUXORO”, “BUXORO HETK” AJ, “BUXORO SUV TA’MINOTI” MCHJ, “O‘ZBEKTELEKOM” AK Buxoro filiali, Romitan tuman tibbiyot birlashmasi, shu bilan birga Buxoro muxandislik texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat unversiteti, Osiyo xalqaro universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro innovatsion tibbiyot instituti, Buxoro innovatsiyalar universiteti, Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti, Turon Zarmed unversiteti hamda “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari, mahalliy OAV vakillari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida mavjud vaziyat, muammo va yechimlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar (seminar, ochiq muloqot, uchrashuv va davra suhbati) o‘tkazildi.
SIRDARYO VILOYATI
Guliston tuman politexnikumi talabalari uchun seminar o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma hodimlari tomonidan o‘quvchi yoshlarga sohaga oid mavzular yuzasidan kerakli malumotlar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib o‘tildi.