Joriy yilning 4-5-iyun kunlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan birga amalga oshirilayotgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
4-iyun kuni Toshkent shahrida “Bozorda davlat korxonalarining ishtiroki” mavzusida 3-davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Raqobat qo‘mitasi raisi oʻrinbosari A.Qayumov kirish soʻzi bilan davrani ochib davlat mulkini xususiylashtirish va davlat korxonalarini korporativ boshqarish boʻyicha xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalarni o‘rganish muhimligini, shuningdek, Oʻzbekistonning sohadagi joriy amaliyotini muhokama qildi.
Tadbir davomida IHTTning davlat korxonalarini korporativ boshqarish bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomalariga bag‘ishlangan davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi.