Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan,
“SHEROBOD DON KLASTER” MChJ
“FORTRES” MChJ
“DENOV CHORVACHILIK OMUXTA YEM” MChJ
“DENOV OLTIN DON” MChJ
“OLTINSOY KOTTON CLASTER” MChJ
“DENOV AGRO OLTIN TOLA” MChJ
Yuqorida aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.