Ayni damda Qo‘mita raisi o’rinbosari F.Karabayev Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom mazmun-mohiyatini konferensiya ishtirokchilariga tushuntirmoqda.
Ushbu Nizomda qo’llaniladigan narx algoritmi, raqamli makon, raqamli mahsulotlar, raqamli platforma, raqamli platforma operatori, tarmoq samarasi, tadbirkor foydalanuvchi, tovar va yakuniy foydalanuvchi kabi asosiy tushunchalarga oydinlik kiritilmoqda.