#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 2024–2026-yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 2 534 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 74,4 mlrd so‘mlik 637 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filialining 15,5 mlrd so‘mdan ortiq, «Navoiy neft bazasi» MChJning 55 mln so‘mdan ortiq va Respublika tez tibbiy yordam markazi Navoiy viloyati filialining 950 mln so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 150 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








