#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2024–2026-yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 2 748 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 433,2 mlrd so‘mlik 909 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 84 dan ortiq mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








