#Iqtisodiy_konsentratsiya
IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Uchkurgan Textile” MCHJ tomonidan “Uztex Group” AJning 100 foiz aksiyalarini olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berish yuzasidan arizasi ko‘rib chiqildi.
“Uchkurgan Textile” MCHJ – paxta tolalarini tayyorlash va yigirish veb faoliyatini ko‘rsatuvchi tashkilot;
“ Uztex Group” AJ esa trikotaj ustki kiyimlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim bozorda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








