QO‘MITA QARORINING QONUNIYLIGI SUD TOMONIDAN YANA BIR BOR TASDIQLANDI
Raqobat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali faoliyatida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi talablari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
O‘rganish davomida tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish, shuningdek, ko‘rsatilmagan yoki bepul ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlar uchun haq hisoblash holatlari aniqlandi.
Boshqarma tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha hisoblangan jami 547 938 880 so‘m miqdoridagi mablag‘larni qaytarish va tegishli summalarni chegirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Jumladan:
➡️“Buxoro oziq-ovqat” MCHJ — 434 400 000 so‘m;
➡️“YATT A. Nasirov” — 10 623 600 so‘m;
➡️“Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysi MCHJ — 72 963 280 so‘m;
➡️“Maxmud Abdullo Quruvchi” MCHJ — 29 952 000 so‘m.
Natijada jami 547,9 mln so‘m miqdoridagi ortiqcha hisoblangan mablag‘lar “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan qayta hisob-kitob qilinishi va tegishli summalar chegirilishi ta’minlandi.
“Hududgazta’minot” AJ Boshqarma qarori ustidan kassatsiya va taftish shikoyatlari bergan. Sud jarayonida keltirilgan vajlar batafsil ko‘rib chiqilib, boshqarma qarorining qonuniyligi va asosliligi sudning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlandi.








