#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 2024-2026 yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 2 562 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 123,1 mlrd so‘mlik 484 ta tanlov savdolari o‘rganilgan, shundan, 477 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 1,5 mlrd so‘mdan ortiq va Vobkent tuman obodonlashtirish boshqarmasining 330,0 mln so‘mdan ortiq tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 100 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








