Raqobat qo‘mitasi ko‘mir mahsuloti narxlarining asosliligini o‘rganadi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ko‘mir mahsulotining iste’molchilarga yetkazib berilishida qo‘llanilayotgan narxlarning asosliligi o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga muvofiq, ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib chiqarilgan ko‘mir narxining raqobat sharoitida shakllanadigan narxdan asossiz yuqori belgilanmasligi Qo‘mita tomonidan nazorat qilinadi.
O‘rganish jarayonida ko‘mir mahsuloti narxlarining shakllanishi va iste’molchilarga yetkazib berishda qo‘llanilayotgan narxlarning iqtisodiy asoslanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlangan taqdirda, tegishli choralar ko‘riladi.




