Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublika bo‘ylab bank, moliyaviy xizmatlar va reklama sohalarida iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar muntazam o‘rganilib, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqda.
Jumladan,
Sirdaryo viloyati
Fuqaro S.L. ATB “Xalq banki”dan rasmiylashtirgan 290 mln so‘mlik kredit qarzdorligini muddatidan oldin to‘liq so‘ndirib, kredit shartnomasi bekor qilinganiga qaramasdan, bank tomonidan plastik kartasidan mablag‘ yechib olinayotganidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, fuqaroning plastik kartasidan asossiz ravishda yechib olingan 9,0 mln so‘mga yaqin mablag‘lar qaytarib berilishi ta’minlanib, iste’molchining buzilgan huquqi tiklandi.
Samarqand viloyati
Fuqaro L.Sh. “SAMARQAND OLTIN ASR” MCHJga “Billing” tizimi orqali oylik to‘lov uchun 2 707 782 so‘m miqdorida ortiqcha to‘lov amalga oshirilganidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, ortiqcha to‘langan 2 707 782 so‘m mablag‘ fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Surxondaryo viloyati
Fuqaro M.M. ijtimoiy tarmoqda “TERMIZ DUBAY” MCHJ tomonidan pivo mahsuloti reklamasi joylashtirilganidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, reklamada qonunchilik talablari buzilgani aniqlanib, “TERMIZ DUBAY” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.








