“StageWise Strategies Corp.” kompaniyasi tomonidan “Teg SPV” MCHJ ulushlarini olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi
Raqobat qo‘mitasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining “StageWise Strategies Corp.” kompaniyasi tomonidan “Teg SPV” MCHJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik olish yuzasidan arizani ko‘rib chiqdi.
“StageWise Strategies Corp.” – veb-saytlarni qidiruv tizimlarida rivojlantirish va axborot vositalarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya;
“Teg SPV” MCHJ esa O‘zbekistonda bir nechta korxonalarga egalik qiluvchi, holding faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim bozorda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








