Ayni paytda poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Raqobat qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti hamkorligida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Qo‘mita markaziy apparati va hududiy organlari mutasaddilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamg‘armasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘limi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Toshkent shahar iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish markazi vakillari ishtirok etmoqda.
Davra suhbatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, NNTlarning davlat ijtimoiy buyurtmalaridagi ishtirokini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash kabi masalalar hamda reklama monitoringi bo‘yicha Germaniya va Yevropa mamlakatlari tajribasi muhokama qilinmoqda.








