E’LON
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Sana: 2026-yil 23-sentabr
Kun tartibi:
🔹 «Biznes rivojining asosiy omili — mijozga sodiqlik va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi» mavzusidagi xalqaro trening yakunlari yuzasidan axborotni eshitish;
🔹 Tadbirkorlik faoliyatida mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni rivojlantirish, halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash hamda tadbirkorlarning iste’molchilar huquqlari sohasidagi huquqiy bilimini oshirish masalalarini muhokama qilish;
🔹 Xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taqdim etilgan tajriba va takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini ko‘rib chiqish;
🔹 Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalarini muhokama qilish.







