Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
HISOBOT
| 1. | Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni sertifikatlash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 16-maydagi 136-sonli qarori (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat olish) |
| 2. | TSTBni o‘tkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti | O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
| 3. | Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi. |
| 4. | Sana | 20.08.2026 yil |
| Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari | ||
| 5. | Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori bilan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan bo‘lib, ushbu Nizom xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibini belgilaydi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash va natijasi bo‘yicha sertifikat taqdim etish mazkur korxonalarga bojxona tarif imtiyozlarini qo‘llash va bu orqali, xorijiy investitsiyalar uchun qulay va jozibador investision muhitni yaratish maqsadida amalga oshirib kelinadi. Shuningdek, mazkur Nizomda o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikatning yo‘qligi ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshiriladigan olib kelishni cheklashga asos hisoblanmasligi belgilangan. Mazkur tartibga asosan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulk vakolatli organ tomonidan (“O‘zbekespertiza” AJ) aniqlanib bu haqida sertifikat taqdim etilgach bojxona imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (297-modda) asosan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga taqdim etib kelingan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-812-son Qonuniga asosan Bojxona kodeksining 297-moddasi ikkinchi qismining 9-bandi (bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka beriladi) chiqarib tashlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom amalda ishlamay qolgan, ya’ni ushbu Nizom asosida sertifikat olgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi normalar (huquqiy asoslar) Bojxona kodeksidan chiqarib tashalgan. Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarorini amalda ishlamayotganligi sababli bekor qilish taklif etiladi. |
|
| 6. | Hujjatning ta’sir doirasi
I. Tartibga solish usuli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar: 1) xorijiy investitsiyalar; 2) xorijiy korxonalar tomonidan import qilinadigan mol-mulklar; 3) bojxona bojlari. II. Tartibga solish usuli ta’sir ko‘rsatayotgan subyektlar: 1) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar; 2) boshqa tadbirkorlik subyektlari. |
|
| 7. | Hujjatning natijadorligi va samaradorligi
Bojxona qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Yagona darcha” BAT orqali 2020 – 2023-yillar davomida 4 226 ta o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat taqdim etilgan bo‘lib, 2024-yildan boshlab taqdim etilmasdan kelinmoqda. Sababi, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-812-son Qonuniga asosan Bojxona kodeksining 297-moddasi ikkinchi qismining Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2020 – 2023-yillar davomida 4 226 ta o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat taqdim etilgan bo‘lib, bu yiliga o‘rtacha 1408 ta sertifikat taqdim etilganligini ko‘rsatadi. Biroq, ushbu tartib xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ayrim mol-mulklar (tovarlar)ni import qilishda (Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bojsiz olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan tovarlar importida) mahalliy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ustunliklar berishi mumkin. |
| 8. | Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari
Salbiy: 1) ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga o‘z ehtiyoji uchun mol-mulklarni bojxona bojisiz import qilishda boshqa korxonalar (ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz uch foizdan kam bo‘lgan) va mahalliy korxonalarga nisbatan ustunliklar beradi; 2) bir xil bozorda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro raqobatlashishga bo‘lgan qiziqishini pasaytirishi mumkin; 3) bojxona bojlari hisobidan davlat byudjetiga tushadigan tushumlarni kamayishiga olib kelishi mumkin. Ijobiy: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantiradi; 2) chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini ortishiga olib kelishi mumkin; 3) chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ular faoliyatining dastlabki ikki yili davomida qo‘llab-quvvatlash orqali ularni iqtisodiy qiyinchiliklardan (shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlikdan) ishonchli himoya qilishi mumkin. Iqtisodiy sohaga ta’siri Tartibga solish usuli chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash orqali chet ellik investorlarni O‘zbekistonga jalb qilishda samarali usul bo‘lishi va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, davlat byudjetiga tushumlar kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Raqobat muhitiga ta’siri Mazkur tartibga solish usuli chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va boshqa korxonalar o‘rtasidagi raqobatni bevosita cheklamasada, o‘zaro raqobatlashishga bo‘lgan qiziqishni bilvosita pasaytirishi va yakunida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga boshqa korxonalar (ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz uch foizdan kam bo‘lgan) va to‘liq mahalliy bo‘lgan korxonalarga nisbatan afzalliklar berishi mumkin. Atrof-muhitga ta’siri Tartibga solish usulining atrof-muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sezilarli ta’siri mavjud emas. U asosan huquqiy va iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun tabiiy resurslar yoki ekotizimlarga bevosita bosim o‘tkazmaydi. Shu bilan birga, qog‘oz hujjat aylanmasi orqali cheklangan miqdorda resurs sarfi mavjud bo‘lishi mumkin. |
Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.
Tartibga solish ta’sirini baholash natijalariga oid MA’LUMOTLAR

