O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256 sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu Qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida «UZUM MARKET» MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.