Ijtimoiy tarmoqda (https://www.tiktok.com/@shadmanova_222/video/7310960726502296834) Korzinka supermarketidan olingan mahsulotning sifati yomonligi haqida post qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda iste’molchi “Anglesey Food” MChJ XKga tegishli savdo shoxobchasidan “SHERIN SNACKS STIKKI” mahsulotini xarid qilganligi, uning yaroqlilik muddati o‘tmagani, ammo shunga qaramay mahsulot mog‘orlab, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga еtti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganida esa, iste’molchi talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchining almashtirib berish xususidagi talabi da’vo qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho‘l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste’molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar еtkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.
Shu bilan birga, Chakana savdo qoidalarining 29-bandida o‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):
Qo‘mita sa’y-harakati bilan masala iste’molchi foydasiga hal qilindi. Do‘kon tomonidan iste’molchiga sifatsiz mahsulotlarga to‘langan pullar qaytarib berildi. Savdo xodimlari tomonidan rastalardagi boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlanish tartiblari ham nazoratdan o‘tkazildi.