“Xalq davlat tashkilotlariga emas, balki davlat tashkilotlari xalq uchun” tamoyili asosida joriy yilning 28-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev ishtirok etdi
Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.
Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar suv ta’minoti, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risidagi murojaatlari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, Quva tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 20 nafardan ortiq murojaatchilar ishtirok etdi.
Jumladan, “DIYOR MILK” OK rahbari tadbirkorlik faoliyatida elektr energiyasi uchun asossiz qarzdorlik hisoblanganligi, fuqarolar: Xaydarov Ibroximjonning suvdan qarzdorlik masalasidagi, Zaripov Muxammadsodiqning chiqindi borasidagi, Xaydarov Zoxidjonning elektr energiyasi soxasida oid muammosi va Tursunov Sharofjonning tadbirkorlik faoliyatidagi muammolari yuzasidan murojaatlari tegishli tartibda qabul qilinib, muommolarni bartaraf etish yuzasidan ijrochilar belgilab olindi.