Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o’rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi.
Bugun Qoʼmita raisi oʼrinbosari F.Karabayev tomonidan Namangan shahridagi “Ismoil Sanoat servise” MCHJ (D.Maretti) korxonasi ish faoliyati oʼrganildi. Muloqot davomida tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratib berish orqali ijtimoiy himoya restriga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʼrgatish va shu yoʼl bilan kambagʼallikni qisqartirish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga koʼtarish boʼyicha tushunchalar berildi.Oʼz navbatida tadbirkorlar ham tashabbus, taklif va muammolari bilan oʼrtoqlashdilar.