“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan 2023-yil
14-iyunda 271197-sonli lot bilan boshlang‘ich qiymati 3 808 720 087 so‘mlik Navbahor tuman bo‘limi binosini ta’mirlash www.etender.uzex.uz elektron portaliga joylashtirilgan e’lon asosida buyurtmachi xarid komissiyasining joriy yil 23-iyundagi elektron yig‘ilish bayoniga muvofiq, ishtirokchi “Quruvchi ta’mirchi-2019” MChJ elektron tanlov savdosi g‘olibi deb e’tirof etilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi mazkur elektron tanlov savdosining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tanlov savdosida bir qancha qonun va qonun osti hujjatlarga zid holatlar mavjudligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan buyurtmachi (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali)ga nisbatan 2023-yil 3-iyulda ish qo‘zg‘atilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali (xarid komissiyasi) tomonidan ixtiyoriy ravishda elektron savdoni bekor qilinishi ta’minlandi hamda qonunbuzilish holatlari bartaraf etilishiga erishildi.