Joriy yilning 21-24-fevral kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida “Isteʼmolchilarning huquqlari himoyasi va nizolarni hal qilish (regulyator amaliyotidan keyslar)” mavzusida seminar-trening tashkil etildi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda, xalqaro ekspert Merita Kostari tomonidan quyidagi mavzularda Yevropa davlatlarining ilgʻor xorijiy tajribasi boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi:
– tartibga solish funksiyalari va boshqaruv maqsadlari;
– nizolarni hal qilish elementlari va xususiyatlari (shakl, asosiy elementlar, nizo sabablari, nizolarni hal qilishning muqobil usullari);
– isteʼmolchilarning shikoyatlarini/nizolarini hal qilish siyosati;
– nizolarni aniq va samarali hal qilish asoslari;
– tanlangan mamlakatlarda turli nazorat organlari tomonidan nizolarni hal qilish tartibi va boshqalar.
Bu kabi treninglar, Qoʻmita xodimlarini bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish hamda amaliyotda uchraydigan muammolari yechimlari boʻyicha ilgʻor tajribadan chuqur koʻrib chiqishga imkon yaratadi.