O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, tovar ayirboshlash sur’atini ta’minlash va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
Hududlararo darajadagi muloqot va almashinuvlarni samarali davom ettirish muhimligi ham qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.