O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 6-25 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan «Davlat korxonalarini isloh qilish» mavzusida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdilar.
Mazkur seminar davomida davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va bozorda raqobatni rivojlantirish bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi bilan amaliy va nazariy tanishdilar.