O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “Oppenheimer” investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aktivlari qiymati 36 milliard dollar bo‘lgan ushbu yirik investitsiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda mamlakatimizda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Jon Tonelli mamlakatimizda sanoat quvvatlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Birinchi bosqichda to‘qimachilik klasterlari, qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz ushbu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatda amaliy ishlarni boshlashga topshiriq berdi.