O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.
Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok bo‘lgan millionlab askarlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir.
O‘zbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qo‘yib, insoniyatning tinch kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.