Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” oilaviy korxonasi xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Mazkur murojaatida fuqaro kredit asosida 5 000 000 so‘mga quyosh panellari o‘rnatish “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” OKga buyurtma bergan va korxona tomonidan ushbu ish amalga oshirilgan. Biroq, hozirgi kunda fuqaro xonadoniga o‘rnatilgan quyosh panellari tamir talab ekanligidan norozi bo‘lib, ushbu to‘lagan pul mablag‘larini qaytarilishida yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining “Ishonch telefoni” orqali amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni 4-moddasida iste’molchilarning huquqlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan.
O‘rganishlar davomida iste’molchi “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” OK tomonidan quyosh panellari kredit asosida 5 000 000 so‘mga o‘rnatib berilgani va xonadonga o‘rnatilgan quyosh panellari tamir talab ekanligi aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” OK “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga zid ravishda ish tutgan deb topilib korxona ma’muriyatiga mavjud tartib-qoidalari va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” oilaviy korxonasidan iste’molchi foydasiga 5 000 000 so‘m miqdorida quyosh panellari uchun to‘lagan to‘lov mablag‘lari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasida Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shartligi belgilab qo‘yilgan.