Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri “Gone qala” MFYda istiqomat qiluvchi R.N Toshkent shahrida joylashgan “Alifoltin” savdo dukoni xizmatidan noroziligini bildirib Raqobat qo‘mitasining ishonch raqami orqali qoldirgan murojaati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi
Mazkur o‘rganishlar davomida iste’molchi “Alifoltin” savdo dukonidan 20 000 000 so‘mga qo‘l soatini xarid qilgan, ammo ushbu mahsulot nosoz chiqqanligi sababli 20 000 000 so‘m pul mablag‘larni qaytarib olishda qiyinchilikka duch kelgani aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita mutaxassislari tomonidan “Alifoltin” savdo dukoni O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga zid ravishda ish tutgan deb topilib do‘kon ma’muriyatiga mavjud tartib-qoidalari va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchi foydasiga qo‘l soati uchun to‘langan 20 000 000 so‘m pul mablag‘lari qaytarib berilishi ta’minlandi.