Seminarda spikerlar quyidagi mavzudagi ma’ruzalari bilan qatnashishdi:
🔘“Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda standartlarni joriy etishning ahamiyati».
(E.Xaitmetov, Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i);
🔘“Moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarni ishonchli himoya qilish: amaliyot, muammolar va yechimlar”.
(Sh.Berdiev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Moliyaviy xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish xizmati boshqarma boshlig‘i);
🔘“Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish”;
( U.Hasanov, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sug‘urta bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i);
🔘“Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda standartlarni joriy etish bo‘yicha xalqaro amaliyot”.
(Liya Grauberger, Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti mas’ul xodimi).
Shuningdek, tadbir davomida moliyaviy xizmatlar bo‘yicha quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi:
✅ Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda yangi, zamonaviy uslublar;
✅ Moliyaviy xizmatlarda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash;
✅ Iste’molchilarga to‘liq va tushunarli axborot taqdim etish amaliyoti;
✅ Iste’molchilardan tushayotgan murojaat va nizolarni hal qilish;
✅ Raqamli xizmatlarda ma’lumotlarni himoya qilish;
✅ Aholining moliyaviy savodxonligini yana-da oshirish.
Seminar yakunida xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.








