O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, farzandlarimizni ezgu g‘oyalar, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori Sultanova Mamurajon Raxmanovnaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev