Joriy yilning 6-7-iyun kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak va Taxtako’pir tumanlarida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Unda Qorao‘zak va Taxtako‘pir tuman hokimligi rahbariyati ham ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq shaffof holatda hech qanday to‘siqlariz muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.
Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz masalalari va boshqa sohaga tegishli kamchiliklar to‘g‘risidagi o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.
Qabul davomida fuqaro va tadbirkorlarning 40 ga yaqin murojaatlar tinglandi. Jumladan, “OMAROV OMIR”MСHJ vakili kredit olish tartibi, “MON AVTO” XK vakili elektr energiyasiga ulanish, B.Pazilbekovning eski gaz tarmog‘ini katta o‘lchamdagi tarmoqqa ulanish, N.Qallibekovning yangi qurilgan uyga elektr tarmog‘iga ulanishi, A.Qurbanbayevaning ichimlik suvi hisoblagichni qayta hisob-kitob qilish, F.Qazaqbayevaning suv tarmog‘ini tortish va avtotransport vositalarida yetkazib beriladigan suv sifatini tekshirish va B.Ibraimovning yangi qurilgan uylarni elektr energiyasiga ulanish bo‘yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi.