Festival O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi va bo‘lajak tadbirkorlari uchun tajriba va bilim almashish, hamkorlik o‘rnatish, mahsulot va xizmatlarni taqdim etish uchun keng ko‘lamli maydonga aylanishi kutilmoqda.
Festival O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi va O‘zbekiston Sotuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbir Uzum Market, O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilarning kutilayotgan soni mingdan ortiq kishini tashkil etadi, asosan Oʻzbekiston, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan sotuv mutaxassislari (sellerlar) tashrif buyurishadi.
Tadbirga barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz!