Joriy yilning 1З-14-оktаbr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi VаzirIаr Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shаhаr, tuman hokimlarining davlat tili bo’yicha maslahatchilari uchun respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi davlat tili bo‘yicha maslahatchilarning malakasini oshirish hamda faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat.
Seminarning birinchi kunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov va rais o‘rinbosari A.Qayumov “Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi: muаmmо va yechimlar” mavzusida ma’ruza qildilar.
Seminarning ikkinchi kunida «Qadring baland bo‘lsin, оnа tilim» respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.