Joriy yilning 14-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov boshchiligidagi ishchi guruhning o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuvi o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuv doirasida hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad: iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mahsulotlarning sifat darajasi, belgilangan standartga muvofiqligi va talab darajasida ekanligi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarida samarali hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida »Sifat nazorati» yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat xaridlari ko‘lamini kengaytirish va bu borada yangi loyihalar ishlab chiqish borasida fikrlar almashildi.
Shu bilan birga, Agentlikning oziq-ovqat laboratoriyasi faoliyati va imkoniyatlari bilan ham tanishildi.
Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.