Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabulxonasiga Ishonch telefoni orqali qilgan murojaati O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida, «InApp Travel» MChJ hamda fuqaro o‘rtasida 2022-yil 2-avgust kuni turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishilib, kelishuvga asosan, 2022-yil 24-31 avgust kunlari fuqaro va uning 2 ta farzandlari uchun Misr davlatining Sharm al-Shayx kurort shahridagi Sulton Gardens 5* mehmonxonasiga tur tashkillashtirilganligi va quyidagilarni o’z ichiga olgan tur xarid qilinganligi aniqlandi.
Xarid turi ichiga quyidagilar kirilgan:
-Toshkent-Sharm al-Shayx-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 3 dona avia chipta,
-Aeroport-Mehmonxona- Aeroport yo‘nalishida transfert xizmati,
-Sulton Gardens Resort Sharm 5* mehmonxonasida 7 kecha yashash,
-All Inclusive tizimida 3 mahal ovqatlanish,
-Tibbiy sug‘urta polisi.
Sharm al-Shayx-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovning uchish vaqti 2022-yilning 31-avgust kuni (ya’ni 30-avgustdan 31-avgust kuniga o‘tar kechasi) soat 00:40 ga to‘g‘ri kelganligi sababli, fuqaro 31-avgust kuni ham Sharm al-Shayx shahrida yana 1 kun dam olishi kerak edi.
Biroq, turistik firma xodimining xatolari tufayli 1 kunlik dam olish fuqaroga berilmaganligi aniqlandi. Turistik firma rahbariyati yo‘l qo‘yilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, fuqaroga kompensatsiya to‘lovini ixtiyoriy ravishda to‘lab berdi.