“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiyasi o’z nihoyasiga yetdi. Anjuman qizg‘in ma’ruzalarga boy bo‘ldi.
Tadbirga Germaniya, Belgiya va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tajriba va sohani rivojlantirishda O‘zbekiston uchun asosiy tavsiyalarga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, anjumada Osiyo taraqqiyot banki, Markaziy bank, O’zbekiston Marketing uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham ishtirok etib, sohadagi iste’molchilar muammosi va ularning yechimlari haqida fikr-mulohazalar va takliflarini berishdi.