Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Xonadon taomlar” MCHJning “Stargate Systems” MCHJning 86,2 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“Xonadon taomlar” MCHJ restoran va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“Stargate Systems” MCHJ ko‘ngil ochish va dam olish bog‘lari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.
Telegram (https://t.me/RaqobatGovUz)| Facebook (https://www.facebook.com/RaqobatGovUz) | Instagram (https://www.instagram.com/raqobat_gov_uz/) | Youtube (https://www.youtube.com/@RaqobatGovUz) | X (https://x.com/RaqobatGovUz) |Raqobat.gov.uz (https://raqobat.gov.uz/)