Ichki turizm O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda Respublikada turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Hukumatimiz tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
Jumladan, har bir korxona va tashkilotlar tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida dam olish kunlari jamoaviy yoki oilaviy ziyoratlarga, sayohatlarga borish imkoniyati ham yaratildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari uchun mamlakatimizdagi yirik turistik infratuzilma tarmog’i Zomin tumaniga sayohat uyushtirildi. Balandligi 150 metr bo’lgan osma ko’prik va maskanning shifobaxsh havosi barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.