Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Andijon viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i U.Jo‘rayev va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Mazkur ochiq muloqot davomida, hududiy boshqarma o’rinbosarlari I.To’raboyev raqobotni rivojlantirish sohasida, O.Boltaboyevni esa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo’nalishida yuzasidan jamoatchilik vakillariga hisobot berdilar.
Hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro A.Dashtanov foydasiga “SAPFIR SADAF SERVIS” MCHJ tomonidan uy-joy topshirilishi ta’minlab berilgani ta’kidlab o‘tdi. Murojaatchi ijobiy yechim topgan masalasi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida, M.Musayevni ta’lim sohasida qilgan murojaati qabul qilinib tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Ma’lumot o‘rnida. Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yil yil yakunlari bo‘yicha jami 1000 ga yaqin va 2024-yil I-choragi davomida 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
O‘rganish ishlari natijasida, 2023-yil davomida 6 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2024-yil I-choragida esa 1 mlrd so‘mlik pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.