🔰 «O’zbekiston» fondi tomonidan joriy yil 28-maydan 8-iyunga qadar Kislovodsk shahrida tashkil etilayotgan «dam olish-davolanish-bilim olish-malaka oshirish» loyihasida vazirlik va idoralarning 40 nafar xodimlari qatnashmoqda.
❇️ Unda Raqobat qo’mitasining xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
✅ Loyiha doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq iqtisodiyoti va davlat xizmati akademiyasi (РАНХиГС)ning professor-o’qituvchilari va ekspertlar tomonidan ma’ruza va suhbatlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, Kislovodsk shahridagi «O’zbekiston» sanatoriysida muolaja kurslarini olishmoqda.
♻️ Malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va turistik komplekslarga tashriflar tashkil qilinmoqda.