“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining Buxoro viloyatidagi ijrosi, shuningdek, tashqi yozuvlar (peshlavha, e’lon va axborot matnlari)ning davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi a’zosi – Raqobat qo‘mitasi raisi maslahatchisi G.Qodirova hamda viloyat hokimining maslahatchisi A.Rustamov Buxoro viloyatidagi tumanlarga tashrif buyurdi.
Ishchi guruh tomonidan:
Savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari hamda tashqi reklama vositalarining amaldagi qonun talablariga mosligi o’rganildi. Shuningdek, reklama tarqatuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, tushuntirish targ’ibot ishlari olib borildi.
Hurmatli tadbirkorlar “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga qat’iy rioya qilishingizni, tashqi reklama, targ‘ibot vositalarini davlat tilida yozilishini ta’minlashingizni so‘raymiz.