Mazkur uchrashuvni Raqobat qo‘mitasining raisi Halilillo Turaxujayev kirish so‘zi bilan ochib berib: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti chog‘ida qo‘mita faoliyatini jamoatchilikka ochiqlash va ommaviy axborot vositalarida yoritishni kuchaytirish kerakligi haqida topshiriq berilganligini ma’lum qildi, shuningdek, Qo‘mita huzurida “Iqtisodchilar muzokara platformasi” tashkil etilishining asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.
Iqtisodchilar muzokara platformasining tarkibi: mustaqil iqtisodchilar, ekspertlar, xalqaro va milliy miqyosdagi tadqiqotchi olimlar hamda Parlament va davlat organlari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalar hamda 10dan ortiq OAVdagi iqtisodiy tahlilchi va blogerlardan iborat.
Platforma a’zolar tarkibi bilan tanishish (https://economistclub.uz/)