Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi rahbariyati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir doirasida viloyat hududidagi tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot qilinib, biznes yuritish jarayonida uchraydigan to‘siqlar, monelik holatlari va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat va takliflar qabul qilindi.
Jumladan,
🔘 “ZARI-87” MCHJ vakilining talabalarga issiq ovqat yetkazib berish bo‘yicha autsorsing xizmati davomida duch kelayotgan muammolar to‘g‘risida;
🔘 “FACTOR ELEKTRONICS” MCHJ vakili tomonidan tenderda ishtirokchilarni baxolashda buyurtmachi tomonidan hujjat talablari noto‘g‘ri qo‘llanilganligi va raqobat prinsinlari buzilganligi to‘g‘risida;
🔘 “AGRO SAVDO KELAJAK RAVNAQI” MCHJ vakili tomonidan tanlov (tender) natijalaridan norozilik bildirib, tanlov komissiyasining baholash qarorini tekshirish va unga huquqiy baho berilishi to‘g‘risida;
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.








