7 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlari jarayonida qonun talablari buzilishi aniqlandi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan autsorsing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha (issiq ovqat bilan taʼminlash) davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlariga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishda 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davrida 9 ta tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan o‘tkazilgan jami 192 ta holatdagi qiymati 7 408 559.4 ming so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20, 46 va 57-moddalari hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi talablari buzilishi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga maʼlumotlar taqdim qilindi.