Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 2024-2026-yillar davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida jami 2 440 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 407,6 mlrd so‘mlik 781 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJning 1,2 mlrd so‘mlik, «Qarshi shahar kurash mahorat maktabi» DMning 1,9 mlrd so‘mlik mln so‘mdan ortiq va «Nishon tuman suv yetkazib berish xizmati» DMing 1,4 mlrd so‘mlik so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 180 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








