“UKLON UB” MCHJ XK USTUN MAVQEGA EGA RAQAMLI PLATFORMA OPERATORI SIFATIDA E’TIROF ETILDI
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida “Uklon UB” MCHJ XK ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi.








